TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi Matbuot xizmatining Facebookdagi rasmiy sahifa orqali efirga uzatiladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqini shaxsan tabriklash an’anasini kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 31-dekabr kuni O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘zbek xalqi bayram tabrigini shaxsan Shavkat Mirziyoyevning o‘zidan eshitgandi.