Ko‘chki tufayli "Toshkent-Chirchiq-Chimon" yo‘lida harakatlanish to‘xtatildi

© Sputnik / Vladimir Ivanov / Mediabankka o‘tishRaschistka dorogi ot snejnix zavalov, arxivnoe foto
Raschistka dorogi ot snejnix zavalov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Toshkent-Chirchiq-Chimon" yo‘l bo‘ylab harakat ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar to‘xtatildi

TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Shanba, 30-dekabr kuni "Toshkent-Chirchiq-Chimon" trassasining 69-kilometrida yo‘lning qatnov qismiga shikast yetkazgan ko‘chki sodir bo‘ldi. Bu yo‘l bo‘ylab harakat ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar to‘xtatildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga asosan.

Haydovchilar uchun eski aylanma yo‘l ochiq bo‘ladi. Biroq bu yo‘l xavfsizlik talablariga javob bermagani sababli, ob-havo sharoiti keskin o‘zgarganda avariyaviy holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Shu sababli 4R 6 trassasi ochilmaguncha Chimonga avtobus va mikroavtobuslarda borish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0