TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-dekabrdagi farmoni bilan bir guruh shaxslarning arizalari qanoatlantirildi va ular O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan farmonda O‘zbekistonning turli viloyatlarida istiqomat qilib kelayotgan 95 nafar kishining ism-sharifi keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 20-dekabrda imzolangan farmoniga muvofiq mamlakat hududida istiqomat qilayotgan 179, 2017-yil 22-fevraldagi farmoniga muvofiq 94 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingandi.