TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Moskvadagi "Sxodnenskaya" metro stansiyasi oldidagi bekatga avtobus kelib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novostiga favqulodda xizmatlardagi manba.
"Jamoat transporti bekatiga avtobusning kelib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Hafta boshida Moskvada avtobus yerosti yo‘lagiga kirib ketgandi. Buning natijasida besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohat olgandi.