Toshkentdagi gaz quyish shaxobchalaridan birida portlash sodir bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishManometr na zapravochnoy kolonke gazozapravochnoy stansiya
Manometr na zapravochnoy kolonke gazozapravochnoy stansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmaganligi aytilmoqda

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBBdagi manbalarning UzNews.uz muxbiriga xabar berishicha, Yakkasaroy tumanidagi Qushbegi ko‘chasida joylashgan gaz quyish shaxobchasida portlash sodir bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, gaz to‘ldirish chog‘ida "Daewoo Nexia" avtomobili yukxonasidagi gaz balloni portlab ketgan. Portlashga ballondagi gaz bosimi meyoridan ortib ketganligi dastlabki sabab sifatida ko‘rilmoqda.

Hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmaganligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0