O‘zbekiston sporti: 2017-yilning yodda qolarli 17 voqeasi

© NOK UzbekistanaUzbekskie sportsmeni v Baku
Uzbekskie sportsmeni v Baku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston sportida 2017-yil nimalar bilan yodda qoladigan bo‘ldi

TOShKENT, 28 dek – Sputnik, Dilshodbek Asqarov. Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Odatda, yangi yil arafasida o‘tayotgan yil sarhisob qilinadi, muhim voqealar yana bir bor yodga olinadi. Sputnik O‘zbekiston sportida 2017-yilda ro‘y bergan 17 muhim voqeani yodga olishga qaror qildi.

1. O‘zbekiston tarixida birinchi marta futbol telekanali ishga tushirildi

2017 yilning 23-aprel kuni o‘zbek futbol ishqibozlari uchun quvonarli voqea sodir bo‘ldi.  O‘zbekiston tarixida birinchi marta maxsus ixtisoslashtirilgan futbol telekanali — "Futbol TV" ishga tushirildi.

Kanalda birinchi bo‘lib Ispaniya chempionatining 33 turi — "Real"-"Barselona" uchrashuvi namoyish qilingan. Yangi telekanal tashabbuskori axborot jurnalistikasida ixtisoslashgan Uzreport TV bo‘ldi.

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishFutbol uchrashuvi translyatsiyasi
Translyatsiya futbola po televizoru - Sputnik O‘zbekiston
Futbol uchrashuvi translyatsiyasi

2. Uzoq tanaffusdan so‘ng Ruslan Chagayev O‘zbekistonga keldi

Bahorning so‘nggi oyida professional boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev O‘zbekistonga keldi. U o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Andijon shahrida bo‘ldi, yaqinlari va do‘stlari bilan uchrashdi.

Chagayev 1978-yilda Andijonda tug‘ilgan bo‘lib, havaskor bokschilar o‘rtasida ikki marta jahon chempioni, Osiyo chempioni hisoblanadi. U shuningdek, professional boksda ham faoliyat olib borgan bo‘lib, afsonaviy bokschi Nikolay Valuyevni mag‘lubiyatga uchratib, WBA yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan.

© andijan.uzRuslan Andijonda bir necha tadbirlarda ham qatnashdi
Ruslan Chagayev v Andijane  - Sputnik O‘zbekiston
Ruslan Andijonda bir necha tadbirlarda ham qatnashdi

3. O‘zbekistonlik para-atletikachilar jahon va Osiyo rekordini yangiladilar

"London-2017 Para-atletika" jahon chempionatida O‘zbekiston sportchilari jahon va Osiyo rekordlarini yangiladilar.

Aleksandr Svechnikov yengil atletikaning nayza uloqtirish yo‘nalishida 71,01 metrlik natijani qayd etib jahon rekordini o‘rnatdi.

Doniyor Soliyev esa uzunlikka sakrash musobaqasida 7,18 metrga sakrab oltin medalga erishdi va ilgari xitoylik Chen Mingyu tomonidan o‘rnatilgan Osiyo rekordini yangiladi.

© REUTERS / Henry BrowneRekordchi Aleksandr Svechnikov
Aleksandr Svechnikov na chempionate mira po para-atletike v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Rekordchi Aleksandr Svechnikov

4. “Hammasi uchun rahmat, Sasha”: Geynrix terma jamoa bilan xayrlashdi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng hujumchi terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashga qaror qildi.

O‘sha o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durang natijaga o‘ynab jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qolgandi.

© Federatsiya futbola UzbekistanaAleksandr Geynrix
Futbolist Aleksandr Geynrix - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Geynrix

5. Samvel Babayan iste’foga chiqarildi

O‘zbek futbol ishqibozlarining uzoq vaqt davomidagi orzu-istak, niyat, qolaversa, talablari sentabr boshlarida amalga oshdi — Samvel Babayan milliy terma jamoa bosh murabbiyligi vazifasidan ozod etildi.

“Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi butunlay tarqatib yuboriladi”, — deyildi O‘FF rasmiy xabarida.

© Federatsiya futbola UzbekistanaBabayan O‘zbekiston termasining jahon chempionatiga chiqa olmaganida bosh aybdor deb topildi
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Babayan O‘zbekiston termasining jahon chempionatiga chiqa olmaganida bosh aybdor deb topildi

6. O‘FFga yangi prezident saylandi

12 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari va "Paxtakor" klubi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi prezidenti sifatida e’lon qilindi.

O‘FF prezidentligiga Toshkent shahar futbol federatsiyasi tomonidan birgina Umid Ahmadjonov nomzodi ilgari surilgandi.

© Federatsiya futbola UzbekistanaUmid Ahmadjonov o‘zbek futbolida islohotlar qilishga va’da berdi
Prezident Federatsii futbola Uzbekistana Umid Axmadjanov - Sputnik O‘zbekiston
Umid Ahmadjonov o‘zbek futbolida islohotlar qilishga va’da berdi

7. Mirabror Usmonovning armoni

O‘zbekiston futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Mirabror Usmonov O‘FF hisobot-konferensiyasida so‘zga chiqib, O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishga va’da bermaganligini aytdi.

"Men 2006-yilda kelganimda aytgan edim: "Mendan hech narsa kutmanglar. Mendan jahon chempionatiga olib chiqishni so‘ramanglar. Buni va’da bera olmayman. Sakkiz, o‘n yildan so‘ng jahon chempionatiga chiqib, nimadir ko‘rsatishimiz mumkin. Bizda poydevor yo‘q", degan edim", dedi.

Usmonov shuningdek, so‘zi yakunida "Albatta har bir odamning o‘ziga yarasha armoni bo‘ladi. Men ham bir armon bilan ketapman. Shu jahon chempionatiga chiqsak ham yomon bo‘lmas edi. O‘ylaymanki keyingi 4-yilda albatta O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqadi va u yerga borganda bizni uyaltirib qo‘ymaydi", deya fikr bildirdi.

© Federatsiya futbola UzbekistanaO‘FFni uzoq yillar boshqargan Mirabror Usmonov
Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v den prazdnovaniya 70-letiya prezidenta Federatsii futbola Uzbekistana Mirabrora Usmanova ukazom ot 4-iyulya nagradil ordenom Dustlik - Sputnik O‘zbekiston
O‘FFni uzoq yillar boshqargan Mirabror Usmonov

8. Qarzdorlik va shubhali natijalar: "Obod" Oliy ligadan chetlatildi

Toshkentning "Obod" futbol klubi O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo‘mitasining O‘FF bilan birga kelishilgan qaroriga ko‘ra, futbol bo‘yicha 2017-yilgi O‘zbekiston chempionati qatnashchilari safidan chiqarildi.

Bunga klubning O‘zPFL oldidagi qarzlari borligi, bir necha marta ogohlantirish berilganiga qaramasdan litsenziyalash bo‘yicha birorta ham hujjatni rasmiylashtirmaganligi va "Obod" — "So‘g‘diyona" (2:4) hamda "Obod" — "Nasaf" (0:6) o‘yinlarida qayd etilgan natijalarning shubhali ekanligi aytilgan "Federbet" xalqaro notijorat federatsiyasining O‘FFga yozgan xati asos bo‘ldi.

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tish"Obod"ning Oliy ligadagi ishtirokiga final hushtagi chalindi
Glavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha - Sputnik O‘zbekiston
"Obod"ning Oliy ligadagi ishtirokiga final hushtagi chalindi

9. Dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biri o‘zbekistonlik

O‘zbekistonlik 13 yoshli Nodirbek Abdusattorov Sankt —Peterburgda o‘tgan xalqaro shaxmat turniridagi g‘alabasi tufayli jahondagi eng yosh ikkinchi grossmeyster maqomiga ega bo‘ldi.

Toshkent shahri Yashnobod tumani 152-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Nodirbek O‘zbekiston shaxmat tarixiga ko‘plab g‘alabalarni muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.

U besh yoshida O‘zbekistonda o‘tkazilgan turnirlarda ilk oltin medalni qo‘lga kiritgan. Nodirbek 7 yoshida Sloveniyaning Maribor shahrida o‘tkazilgan musobaqada jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan, 8 yoshida FIDE ustasi, 12 yoshida xalqaro sport ustasi unvonlariga erishgan.

© Federatsiya shaxmat UzbekistanaJjahonning eng yosh shaxmat ustasi Nodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston
Jjahonning eng yosh shaxmat ustasi Nodirbek Abdusattorov

10. Boksda o‘zbek ayollari ham chempion bo‘lishmoqda

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Go‘zal Ismatova Vyetnamda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Chempionatda qit’aning 20 mamlakatidan yuzdan ortiq charm qo‘lqop ustalari bellashdilar.

Vazni 81 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bokschi qizlar o‘rtasidagi final jangida Go‘zal Ismatova mezbonlar sportchisi Ti Tran Niga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

© SputnikGo‘zal Ismatova
Prosmotr boksa na kompyutere - Sputnik O‘zbekiston
Go‘zal Ismatova

11. “Barselona” yulduziga O‘zbekistonning shirin mevalari yoqdi

"Barselona" klubining sobiq himoyachisi Karles Puyol 9-noyabr kuni Toshkentga keldi. O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov taklifi bilan kelgan mashhur futbolchi “kelajakda taklif bo‘lsa balki O‘zbekistonda ham ishlarman. Barcha narsa bo‘lishi mumkin", dedi matbuot anjumanida.

U O‘zbekistonga qisqa vaqtga kelganligini aytib, dunyoning hech qaysi davlatida bunchalik shirin mevalarni yemaganligini qo‘shimcha qildi.

© JOSEP LAGO / AFPKarles Puyol
Karles Puyol - Sputnik O‘zbekiston
Karles Puyol

12. Nomzodlar ko‘p, lekin kim kelishi noma’lum

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy jalb etish bo‘yicha bir necha xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borayotganligini ma’lum qildi.

O‘FFning bildirishicha, ular ruminiyalik Dan Petresku, serbiyalik Slavolyub Muslin, chernogoriyalik Miodrag Radulovich, italiyalik Anjelio Alessio, germaniyalik Bernd Shtork, xorvatiyalik Branko Ivankovich, Slaven Bilich, italiyalik Valter Massari, gollandiyalik Bert van Marveyk.

Ular safiga yana bir mutaxassis qo‘shilganligi haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi, lekin uning kimligi hozircha aniq emas.

© Federatsiya futbola UzbekistanaTerma jamoa futbolchilari qachondan xorijlik murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanishlari hozircha aniq emas
Sbornaya Uzbekistana po futbolu v tovarisheskom matche s komandoy OAE - Sputnik O‘zbekiston
Terma jamoa futbolchilari qachondan xorijlik murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanishlari hozircha aniq emas

13. O‘zbek xokkeychilari kanadaliklarga “dars berishdi”

O‘zbekistonning "Binokor" xokkey klubi shaybali xokkey bo‘yicha BAA prezidenti Kubogi xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi. "Binokor" to‘rtta uchrashuv o‘tkazdi va barchasida yirik hisob bilan g‘alaba qozondi.

Musobaqalar tugaganidan so‘ng o‘zbek jamoasi BAAning EHL ligasida ishtirok etuvchi Kanadaning Mighty Camels klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin 10:2 hisobida "Binokor" foydasiga hal bo‘ldi.

"Kanadaliklar o‘zbekistonlik xokkeychilar o‘yinidan shu darajada hayratda qolishdiki, ular Google orqali O‘zbekistonni qidirishga tushishdi. Xokkey bizda atigi 5-yil oldin paydo bo‘lganini bilishgach esa hayratlari yanada oshdi", — dedi "Binokor" xokkey klubi bosh murabbiyi Alisher Azimov.

© Sputnik / StringerO‘zbekiston xokkeychilari KXL musobaqalarida ishtirok etishlari kutilmoqda
Stolichniy xokkeyniy klub Binokor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xokkeychilari KXL musobaqalarida ishtirok etishlari kutilmoqda

14. Boks olamining Ronaldusi

Xalqaro havaskorlik boks assotsiatsiyasining Twitter akkauntida Gamburgda nihoyasiga yetgan boks bo‘yicha jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi nomini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda

G‘alabasini mashhur futbolchi Ronaldu uslubida nishonlaydigan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov chempionatning eng yaxshi bokschisi deb e’tirof etildi.

U shuningdek, Osiyo boks konfederatsiyasining The Best of the Asians—2017 loyihasida yilning eng yaxshi erkak bokschisi sifatida e’tirof etildi.

Yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash jarayonida ovoz berganlarning 57,2 foizi Shahram G‘iyosovni 1-o‘ringa munosib deb topdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi esa Osiyoda 2017-yilning eng yaxshi milliy boks federatsiyasi deb topildi.

© uzbekistan24Shahram G‘iyosov
Shaxram Giyasov, zolotaya medal  - Sputnik O‘zbekiston
Shahram G‘iyosov

15. Bikmayev – eng yaxshi futbolchi, Arveladze – eng yaxshi xorijlik murabbiy

14 dekabr kuni futbol bo‘yicha 2017-yilning "Eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yil yakunlariga ko‘ra, "Paxtakor"ning gruziyalik murabbiyi Shota Arveladze "O‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy" deb topildi.

“Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmayev esa "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb e’tirof etildi.

© AP Photo / Dmitri Lovetsky"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladzeni kelgusi yilda katta sinov kutib turibdi
Shota Arveladze - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladzeni kelgusi yilda katta sinov kutib turibdi

16. “Otni tilimga bog‘lang” — Vadim Abramov litsenziyasidan mahrum bo‘ldi

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 16-dekabrdagi qarori bilan “Neftchi” futbol klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov “futbolga aloqador har qanday faoliyatdan” noma’lum muddatga chetlatildi.

U “O‘FF va O‘zPFL hamda ularning rasmiylari sha’niga nisbatan noto‘g‘ri fikrlar bildirganligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida nosog‘lom fikrlar vujudga kelishiga sabab bo‘layotganligi uchun” chetlatilganligi ma’lum qilindi.

Avvalroq u futbolga oid nashr muxbiri bilan suhbatda "O‘tgan 9-yil ichida 9ta yangi stadion barpo etildi. Bu stadionlar kimlar uchun qurildi? Hamma narsani yaxshi va yomon taraflari bo‘ladi. Buni yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Ahmoqona ishlarni qilmaslik kerak. Hamma narsani yaxshi tomonlarini olish kerak. Biz hamkorlikda ishlashga tayyormiz. Buni bir stol atrofida o‘tirib, maslahatlashish kerak. To‘g‘rimi? Balki biz ham biror narsalarni bilarmiz. Yordamlasharmiz", — degan edi.

© fcneftchi.uzMuxlislar hali-hamon Abramov daridagi terma jamoani qo‘msashadi
Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston
Muxlislar hali-hamon Abramov daridagi terma jamoani qo‘msashadi

17. Oksana yil davomida g‘olib bo‘lishdan charchamadi

Shu yilning may oyida Ozarbayjonning  Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamjihatlik o‘yinlarida o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina tayanib sakrash musobaqalarida oltin medalni ko‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘tgan haftada esa Chusovitina Moskvada Mixail Voronin kubogi uchun yigirmanchi bor o‘tkazilgan gimnastika xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘ldi.

U tayanib sakrashda raqibalariga imkoniyat qoldirmadi va oltin medal sohibasi bo‘ldi.

Gimnastika bo‘yicha yettita Olimpiadada ishtirok etgan sportchi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Oksana Sputnik muxbiri bilan suhbatda sakkizinchi Olimpiadada ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgandi.

© Foto: instagram / Oksana ChusovitinaOksana sakkizinchi Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Oksana sakkizinchi Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Bu esa bonus

4 dekabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Bahsdan so‘ng esa kutilmagan voqea yuz berdi: maydonga yuzlab futbol ishqibozlari tushib kelishdi. Bunga ishqibozlar uchun tekin to‘p tarqalishi sabab bo‘ldi, deyishdi voqea guvohlari.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ushbu holat bo‘yicha bayonot berdi.

© Twitter / MSNSeremoniya nagrajdeniya Kubka Uzbekistana posle okonchaniya finalnogo matcha mejdu tashkentskimi "Bunyodkorom" i "Lokomotivom"
Seremoniya nagrajdeniya Kubka Uzbekistana posle okonchaniya finalnogo matcha mejdu tashkentskimi Bunyodkorom i Lokomotivom - Sputnik O‘zbekiston
Seremoniya nagrajdeniya Kubka Uzbekistana posle okonchaniya finalnogo matcha mejdu tashkentskimi "Bunyodkorom" i "Lokomotivom"

"Uchrashuv paytida 34 ming muxlisga mo‘ljallangan "Bunyodkor" stadioni ishqibozlar bilan to‘lib-toshdi. Bu holat yurtimizda o‘zbek futboliga muxlislar tomonidan bo‘lgan qiziqishning yana oshayotganidan darak beradi. “Muxlislarni stadionda xursand qilish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan koptok va sharflar sovg‘a tariqasida tarqatildi. Muxlislarning emotsiyalarga berilib, o‘yin yakuniga yetganidan so‘ng "Lokomotiv" klubi futbolchilarini tabriklash maqsadida maydonga chiqib ketishi kabi vaziyatlar futboli rivojlangan davlatlarda ham uchrab turadigan holat hisoblanadi", deyildi O‘FF bayonotida.

Yangiliklar lentasi
0