TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Mordoviya poytaxti Saransk shahridagi "Tavla" mikrorayonida baxtsiz hodisa yuz berdi.
"Dimako" qurilish korxonasida ishlaydigan o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani bois binoning 12-qavatidan qulab tushdi.
Ergashev deya aytilayotgan bu yigit ko‘plab jarohat olgan, lekin tirik qolgan. U hozirda shahar kasalxonalaridan biriga yotqizilgan.
Yozishlaricha, yigit qurilish chiqindilari ustiga qulagani sababli tirik qolgan.