TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Moskva viloyatining Klin shahrida Feruza O‘tkirovaga noyabr oyida ijtimoiy himoya organi tomonidan olib qo‘yilgan olti yoshli qizi qaytarib berildi.
Yurist Botirjon Shermatovning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, ekspertiza natijasida qizchaning badanida kaltaklanish alomatlari borligi tasdiqlanmagan.
© Botirjon ShermatovFeruza O‘tkirova qizi bilan
Feruza O‘tkirova qizi bilan
© Botirjon Shermatov
Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni politsiya xodimlari tashqarida o‘ynab yurgan qizchani olib ketishgan va ijtimoiy-reabilitatsiya markaziga topshirishgan. 22-noyabr kuni ijtimoiy himoya komissiyasi go‘yoki qizning badanida kaltak izlari bor deya ekspertiza o‘tkazilguniga qadar qizchani onasiga qaytarmaslikka qaror qilgandi.