iPhone egasi Appledan bir trillion dollarni undirish bo‘yicha da’vo arizasini berdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishStart prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus
Start prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Da’vo arizani bergan ayol Apple kompaniyasini mijozlardan ma’lumotlarni yashirish orqali nohaq raqobat va firibgarlikda aybladi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. AQSh Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi Violetta Maylyan Apple kompaniyasidan 999 999 999 000 dollar mablag‘ undirish haqida da’vo arizasini berdi, deb xabar qildi RIA Novosti Patently Apple portaliga asosan.

Start prodaj iPhone 7 i iPhone 7 Plus - Sputnik O‘zbekiston
Kecha yangi iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Xabarda aylishicha, da’vo arizani bergan ayol Apple kompaniyasini mijozlardan ma’lumotlarni yashirish orqali nohaq raqobat va firibgarlikda aybladi. Maylyan so‘zlariga qaraganda, kompaniya oldingi modellarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini qasdan pasaytirib kelganligi uchun smartfon foydalanuvchilari yangi gadjetlarni xarid qilishga majbur bo‘lishgan.

Bundan avval Reddit foydalanuvchilari eski smartfonlarning sekinlashuvi haqida shikoyat qilishda va kompaniya bunga erishish uchun maxsus funsiyalarni tatbiq etishini taklif qilishgan.

Bunga javoban, Apple qurilma protsessorlarini maksimal ishlash tezligini ataylab kamaytirganligini tan olishgan, ammo ular buni "batareya qurilmasini yaxshi ishlashi ta’minlash" va gadjetlarda nomaqbul uzilishlarini oldini olish maqsadida qilishganligini ma’lum qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0