Ichki ishlar vaziri nechta yo‘l-patrul posti tugatilishini ma’lum qildi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy militsioner
Uzbekskiy militsioner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat hududida 133ta ana shunday post bor

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston hududidagi 133 postdan 66tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlandi. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatida ma’lum qildi.

"Biz qisqa muddat ichida barcha postlar faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqamiz. Mamlakatimiz hududida 133 ta ana shunday post bor. Shundan 60 ta yo‘l-patrul xizmati maskani va 73 ta patrul-post xizmati statsionar maskani joylashgan. Dastlabki o‘rganishlarni boshladik. Mana shu jami 133 postdan 66 tasini tugatish to‘g‘risida xulosalar tayyorlandi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda", dedi u.

Uning aytishicha, xalqning takliflari, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashni hisobga olgan holda ularni keskin ravishda kamaytirish choralari ko‘riladi. Ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul va patrul-post xizmatlari xodimlari bosqichma-bosqich videokameralar bilan ta’minlanadi.

© Foto ochevidsaAndijon shahriga kirish
Andijan. Bivshiy post DPS - Sputnik O‘zbekiston
Andijon shahriga kirish

Kuni kecha mahalliy OAVlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahriga kiraverishda ana shunday postlardan biri faoliyati to‘xtatilganligi haqida xabarlar berildi.

Aytilishicha, Andijon-Namangan avtomagistrali orqali Andijon shahriga kirishdagi xalqa yo‘l 36-YHXga qarashli post faoliyatini to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida viloyatlar o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat aholiga, balki iqtisodiyotga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini aytib tanqid qilgan va buni bartaraf etish choralari ko‘rilishini talab qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0