TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Suriyada terrorchilar ustidan erishilgan g‘alabada Rossiyaning o‘rnini e’tirof etdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Bu Rossiyaning qahramonlarcha jasorati. Biz Afg‘onistonning qo‘shnilari sifatida buni jiddiy his qilmoqdamiz. Kelgusi yil ham og‘ir bo‘ladi deb o‘ylayman", dedi O‘zbekiston rahbari 26-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida.
Rossiya prezidentining Novo-Ogarovo qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat rahbarlari Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqaga tahdid va xatarlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratishdi.