Qamchiq dovonida ayni paytda qor, tuman va 11 daraja sovuq

© Sputnik / StringerPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ayni paytdagi holat tasvirlangan suratlar joylashtirilmoqda

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Qamchiq dovonida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, qor yog‘adi, kechqurun kuchli tuman tushishi bois ko‘rish masofasi 50-100 m qisqaradi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

"Yo‘llarda qor uyumlari to‘planishi tufayli, muzlama. Shamol tezligi 5-10 m/s (18-36 km/s) tashkil etib, 22-25 m/s (79-90 km/s) gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-9 daraja, kunduzi 4-6 daraja sovuq", deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 27-dekabr soat 12.00 holatiga qor, 11 daraja sovuq. Tuman qoplagan, ko‘rinish 500 m.

Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ayni paytdagi holat tasvirlangan suratlar joylashtirilmoqda hamda haydovchilarga yo‘lga chiqishga shoshilmaslikni maslahat berishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0