Oltoydagi yog‘och kontrabandasiga o‘zbek kompaniyalari ham aralashganligi aniqlandi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishPredpriyatie po zagotovke i pererabotke drevesini
Predpriyatie po zagotovke i pererabotke drevesini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barnaullik tadbirkor Tojikiston va O‘zbekistondagi hamkorlari bilan tuzilgan soxta shartnomalar orqali Rossiyadan 27 ming kub metrdan ortiq yog‘ochni olib chiqib ketgan

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Oltoyda umumiy qiymati 150 million rublga yaqin miqdordagi yog‘och mahsulotlari kontrabandasida O‘zbekiston kompaniyalari ham ishtirok etganligi aniqlandi, deb xabar berdi RIA Novosti Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volkka tayanib.

"Strategik muhim mahsulot va resurslarning noqonuniy eksporti bo‘yicha jinoyat ishi o‘rganilmoqda. Politsiya Sibir bojxona boshqarmasi va Oltoy o‘lkasi bo‘yicha Federal xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qonun buzilish holati yuz berganligini aniqladi", — dedi Volk.

Xabar qilinishicha, barnaullik tadbirkor 2014-yil noyabridan 2015-yil iyuliga qadar tadbirkor Tojikiston va O‘zbekistondagi hamkorlari bilan tuzilgan soxta shartnomalar orqali umumiy qiymati 150 million rublga yaqin 27 ming kub metrdan ortiq yog‘ochni Rossiyadan chetga chiqarib yuborgan.

Unga nisbatan kontrabanda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0