Yaponiyada "yirtqich bakteriya" tarqalmoqda: 500 dan ziyod bemorlar ro‘yxatga olindi

Obuna bo‘lish
Kasallikning tarqatuvchisi A guruhidagi streptokokklar bo‘lib, ular "yirtqich bakteri" nomini olgan. Tibbiyot xodimlari, ushbu infeksiya organizmda shiddat bilan tarqalishi va bir necha soat ichida insonni nobud qilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Yaponiyada rekord darajada yuqumli zaharlanish holatidan shokka tushgan bemorlar soni qayd etildi,  deb xabar qilmoqda Sputnik.

Ta’kidlanishicha, 10-dekabr holatiga ko‘ra, ushbu kasallik mamlakatning 525 fuqarosida qayd etilgan, ularning 66 nafari Tokio aholisidir.

Kasallikning tarqatuvchisi A guruhidagi streptokokklar bo‘lib, ular "yirtqich bakteri" nomini olgan. Tibbiyot xodimlari, ushbu infeksiya organizmda shiddat bilan tarqalishi va bir necha soat ichida insonni nobud qilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Kasallikning ilk belgilari bu qo‘l va oyoqlarda shish va og‘riqlarning paydo bo‘lishi, issitma va holsizlikdir. Avvaliga bemorning ahvoli unchalik havotir uyg‘otmaydi, ammo "yirtqich infeksiya" badanda tarqalgach nekroz(tirik organizmning zararlanishi oqibatida o‘lik holatga kelishi)ni keltirib chiqaradi va hatto o‘pka va qonga ham o‘tib ketishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0