TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
MDH a’zo mamlakatlari rahbarlarining Yangi yil arafasidagi navbatdagi uchrashuvi ortda qolayotgan yil yakunlarini sarhisob qilish va birlashma doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun maqsad va vazifalarni belgilab olish imkonini berishi barobarida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.