Toshkentda 20-dekabr kuni o‘zbek armiyasi tarixida ilk marta mavjud jangovar texnika namoyishi bo‘lib o‘tdi
Ushbu aksiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir" shiori ostida o‘tkazildi.
Tadbirda 30-millimetrli avtomatik granatomot, Rossiyada ishlab chiqarilgan yirik kalibrli o‘zi o‘qlanuvchi OSV-96 snayper vintovkasi, Dragunov snayper vintovkasi hamda dunyoga mashhur AK-47 avtomati va tankka qarshi ko‘p marta qo‘llaniluvchi RPG-7 granatomotlari namoyish qilindi.
Namoyish o‘ziga xos shou tarzida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston armiyasi bo‘linmalari safda yurish, qo‘l jangi texnikasi, o‘qotar qurollardan foydalanishdagi mahoratlarini ko‘rsatib berishdi.
O‘zbekiston Qurolli kuchlariga qarashli, GAZ-66 va Zil-131 negizidagi taktik-texnik mashinalar, BTR-80 zirhli mashinasi, 120-millimetrli gaubitsa, 23-millimetrli qo‘shaloq zenit qurilmasi, 120-millimetrli o‘ziyurar aviadesant qurilmasi namoyish qilindi.
Aksiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir" shiori ostida o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘zbek harbiylari tomonidan saf tayyorgarlik mahoratlari, qo‘l jangi usullari, shuningdek FVV va "Vatanparvar" o‘quv-sport klublarining maxsus va texnik vositalari ko‘rsatildi.
Tadbir davomida o‘zbek harbiylari tomonidan saf tayyorgarlik mahoratlari, qo‘l jangi usullari, shuningdek FVV va "Vatanparvar" o‘quv-sport klublarining maxsus va texnik vositalari ko‘rsatildi.
Global Firepower ekspertlarining oxirgi tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng qudratli harbiy kuchga ega davlat sifatida qayd etilgan.