Yo‘lovchining so‘zlariga ko‘ra, avtobus "Slavanskiy bulvar" metro bekatidan Skolkovo yo‘nalishida 15-00 da qo‘zg‘alishi kerak bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusga soat 14-45 da o‘tirgan.
"Biz avtobus orqasiga o‘tib, o‘tirdik. Ikki minutdan so‘ng, avtobus to‘satdan motori ishlab ketdi va avtobus katta tezlikda trotuarga harakatlab, yer o‘tish yo‘liga kirib o‘rildi. Avtobus to‘xtab turgan edi va to‘satdan yurib ketdi", — dedi Vladimir.
Bugun kunduzi jamoat transporti "Slavanskiy bulvar" metrosi oldidagi yer osti yo‘liga kirib ketgan.
Politsiya avtobus haydovchisini qo‘lga oldi. "Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatish" va "Yo‘l harakati va transport vositalarini foydalanish qoidalarini buzish" bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.