Erdo‘g‘onni quchoqlashga uringan erkak qo‘riqchilar tomonidan qo‘lga olindi

© AFP 2023 / Adem AltanRedjep Tayip Erdogan
Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erkak Xavfsizlik boshqarmasiga olib borilgan va so‘roq qilingan

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Turkiyada Erdo‘g‘onni quchoqlashga uringan erkakni qo‘riqchilar to‘xtatib, qo‘lini qayirib olib ketishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, erkak qo‘riqchilar orasidan o‘tib, mamlakat prezidenti Toyib Erdo‘g‘onni quchoqlashga harakat qilgan. Hodisa videosi Sputnik Türkiye tomonidan e’lon qilingan.

Erdo‘g‘onni quchoqlab, uning qulog‘iga nimanidir shipshishga chog‘langan erkakni qo‘riqchilar shu zahotiyoq olib ketishgan.

Erkak Xavfsizlik boshqarmasiga olib borilgan va so‘roq qilingan. Uning ismi Xusayn Demirjon ekanligi va u Erdo‘g‘onga hayajonlanib ketgani tufayli otilgani ma’lum bo‘lgan.

AK Parti: Bir güvenlik zaafı söz konusu değil, bir şehit çocuğunun cumhurbaşkanımıza gösterdiği aşırı sevgi gösterisiydi https://t.co/qbMTke3e2o pic.twitter.com/syuqlq0HNM

 

Yangiliklar lentasi
0