TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Toshkent shahar futbol Federatsiyasi hamda "Elmakon" do‘konlari hamkorligida tashkil etiladigan shou uchrashuvda Xayrulla Hamidov hamda Azamat Abduraimov jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.
Xayriya shou uchrashuvi 28-dekabr kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Xayrulla Hamidov jamoasida Davron Fayziyev, Eldor Mustafoyev, Murod Rizayev kabi jurnalistlar hamda Marat Bikmayev, Anzur Ismoilov, Akmal Shorahmedov va boshqa futbolchilar to‘p suradi.
Azamat Abduraimov boshchiligidagi jamoadan Nodirxo‘ja Yuldashev, Shuhrat Maqsudov, Timur Kapadze, Mirjalol Qosimov, Ravshan Ermatov, Andrey Fodorov, DJ Piligrim va boshqalar joy olishadi.
O‘yinga kirish uchun chipta va taklifnomalar sotilmaydi. Chiptaga ega bo‘lish uchun "Elmakon" do‘konlaridan hech bo‘lmasa kichikrok xarid qilish lozim bo‘ladi.