Buxoroda "sayyohlik politsiyasi" ish boshladi

© UznewsV Buxare sozdana turisticheskaya politsiya
V Buxare sozdana turisticheskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyat hududida xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida IIB tarkibiga kiruvchi 43 ta shtatdan iborat turizm yo‘nalishida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tashkil etildi

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Buxoroda "Xavfsiz turizm" konsepsiyasi asosida ichki ishlar idoralarining yangi tizimdagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy veb portali.

Vazirlar Mahkamasining "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori hamda Ichki ishlar vazirligining buyrug‘i talablarini bajarish yuzasidan Buxoro viloyat hududida xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida IIB tarkibiga kiruvchi 43 ta shtatdan iborat turizm yo‘nalishida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tashkil etildi.

O‘zbekistonda turizm masalalari bo‘yicha "qaynoq liniya" ishga tushdi

Boshqarmaga xorijiy tillarni biladigan, yuqori malakali mutaxassislar, bundan tashqari, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga, xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha zaruriy tajribaga ega bo‘lgan xodimlar tanlab olindi.

Hozirda "Qalqon" yagona videokuzatuv markazi Buxoro shahri hududini o‘rnatilgan 60 ta kameralar orqali kuzatib kelayotgan bo‘lsa, kelgusida shaharga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash hamda "Xavfsiz turizm" dasturiy kompleks tizimini joriy qilish maqsadida ana shunday kameralar sonini yana 425 taga ko‘paytirish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Joylarda 275 ta videokuzatuv moslamalari, 68 ta shaxs va avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini yaqqol ko‘rsatuvchi videokameralar, 4 ta issiqlikni aniqlovchi (teplovizor), 55 ta aloqa tashvish tugmalari, shuningdek, 27 ta chorrahalarda 85 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarini va avtomobil yo‘llarining 6 ta joylarida tezlikni aniqlaydigan videokameralar o‘rnatilishi belgilandi. Bu esa, o‘z o‘rnida sayyohlar gavjum bo‘ladigan joylarda nazoratni kuchaytirish imkonini beradi va ularning havfsizligini ta’minlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahrida 2018-yilning oxiriga qadar 10 ta zamonaviy mehmonxona barpo etish, ulardagi o‘rinlar sonini 1210 taga yetkazish choralari ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0