Vahshiylik: Toshkentda ota voyaga yetmagan o‘gay qizini urib o‘ldirganligi aniqlandi

© Foto : STRIzbiyenie rebenka. Postanovochnoe foto
Izbiyenie rebenka. Postanovochnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qiz olingan jarohatlar oqibatida shifoxonada vafot etgan

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 20-dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan 1989-yilda tug‘ilgan Nuriddin Irismetov qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent ShIBB matbuot xizmati.

U tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab, o‘zi ro‘yxatda turgan Sirdaryo viloyatidagi xonadonda yashamasdan, Toshkent shahri hududida yurgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Irismetovning boshqa jinoyatga aloqadorligi aniqlandi.

U 2017-yilning 9-oktabr kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan xonadonda shar’iy turmush o‘rtog‘ining voyaga yetmagan qizini urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Natijada qiz “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, bosh miyaga qon quyilishi” tashxisi bilan Respublika neyroxirurgiya ilmiy markaziga olib borilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay qiz shifoxonada vafot etgan.

Hozirda to‘plangan hujjatlar, mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi hujjatlariga qo‘shib ko‘rib chiqish uchun Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0