Prezident poytaxtdagi ijtimoiy obyektlar bilan tanishmoqda

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident oznakomilsya s sotsialnimi obyektami v Tashkente
Prezident oznakomilsya s sotsialnimi obyektami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida bunyod etilgan yangi binosi qurilishi va Adiblar xiyobonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Toshkent shahridagi bir qator ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari dastlab  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida bunyod etilgan yangi binosi qurilishi va Adiblar xiyobonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli bog‘ - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda adiblar xiyoboni barpo etiladi

Prezident 2017-yilning iyun oyida bu yerga tashrif buyurib, qurilish va obodonlashtirish bilan bog‘liq topshiriqlar bergan edi. O‘tgan 6 oy davomida 9,6 gektardan iborat maydonda ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining yangi binosi qad rostladi. Bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning birinchi qavatiga “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari tahririyatlari hamda “Ijod” jamoatchilik fondi joylashadi. Binoda 150 o‘rinlik faollar zali ham mavjud bo‘lib, u ijodiy kechalar, badiiy muhokamalarni shu yerning o‘zida o‘tkazish imkonini beradi. Binoning ikkinchi qavatida Yozuvchilar uyushmasi joylashadi. Uning huzurida boy kutubxona ham tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev uyushma maqomini ko‘tarish, uni xalq ma’naviyatini yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatadigan muassasaga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

Prezident adiblar uchun ijod sharoitini yanada yaxshilash, xususan, uyushma hovlisini kishini ilhomlantiradigan go‘zal gulzorga aylantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Adiblar xiyobonida har kuni mashhur shoirlar she’rlari yangrab turishi kerak.

Davlat rahbarining topshirig‘iga binoan uyushmaning kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan bog‘lanadi, ijodkorlar uning boy kitob fondidan shu yerdan turib bemalol foydalana oladi.

Shavkat Mirziyoyev uyushmaning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini yanada yuksaltirish uchun bu yerda ochilgan Adabiyot muzeyini yanada boyitish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0