TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Moskvadagi sud binosidan qochib ketgan o‘zbekistonliklar soqchi kuzatuvida bo‘lmagan, deb bayonot berdi Rossiya IIV poytaxt boshqarmasi boshlig‘i.
Xabar berilishicha, voqea Kuzmin sudida sodir bo‘lgan: O‘zbekistonning ikki fuqarosini deportatsiya qilish bo‘yicha ish ko‘rilayotgan paytda ular sigaret chekib olish uchun ruxsat so‘rashgan hamda tashqariga chiqib qochib ketishgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda hamda qochib ketgan sudlanuvchilar qidirilmoqda, deyiladi xabarda.