MXXni ulkan islohotlar kutmoqda

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelayotgan yilda O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati to‘liq isloh qilinishini ma’lum qildi. Prezident bu haqda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sotrudnik SNB Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi
"Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26-yil avval hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu Nizomga chorak asr davomida tegilmaganligi va har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelinganligi ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bo‘lgan. ", — dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidentiga ko‘ra, dunyoning ba’zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o‘z navbatida, terrorizm va ekstremizm tarqalishiga hamda bu illatlar global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda.

"Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtayi nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi", — qo‘shimcha qildi prezident.

Mirziyoyev shu munosabat bilan "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida"gi va "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi.

Yangiliklar lentasi
0