Oksana Chusovitina Moskvadagi turnir chempioniga aylandi

Obuna bo‘lish
Chusovitina tayanib sakrashda raqibalariga imkoniyat qoldirmadi va oltin medal sohibasi bo‘ldi

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekistonlik mashhur gimnastikachi Oksana Chusovitina Moskvada Mixail Voronin kubogi uchun yigirmanchi bor o‘tkazilgan gimnastika xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘ldi.

Chusovitina tayanib sakrashda raqibalariga imkoniyat qoldirmadi va oltin medal sohibasi bo‘ldi. Bu haqda Rossiya sport gimnastikasi federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Oksana Chusovitina (Uzbekistan) vo vremya kvalifikatsionnix sorevnovaniy po sportivnoy gimnastike na XXXI letnix Olimpiyskix igrax - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina Tom Kruz, Germaniyadagi hayoti va sakkizinchi olimpiada haqida

"Murakkab bo‘lmagan, lekin ishonchli sakrashlarimni bajardim. Barchasi muvaffaqiyatli chiqdi va yerga qo‘nishda ham kamchiliklar bo‘lmadi. Muxlislarga yoqishi uchun barchasini chiroyli bajarishga harakat qildim", deydi Oksana.

Chusovitinaning aytishicha, u kelasi yil yanvari oxirida Amerikadagi musobaqada ishtirok etadi. Asosiy e’tibor esa kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati va Osiyo O‘yinlariga qaratiladi.

"Sakkizinchi bor Olimpiadada ishtirok etishni orzu qilmoqdaman", deydi u.

Oksana Chusovitina gimnastika bo‘yicha yettita Olimpiadada ishtirok etgan sportchi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan.

Yangiliklar lentasi
0