TOShKENT, 22 dek – Sputnik. "Bizning oyog‘imizga kishan solib turgan narsa bu bizning noreal raqamlar ortidan quvishimizdir", dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
"Bu yil 363 ming kishi haqiqiy ishli bo‘ldi. Besh yil davomida ularni hech kim ishdan haydamaydi. Hech qanday 900 ming — 1 million ish o‘rni degan gaplar yo‘q. Buni manaman degan davlatlar ham qila olmaydi", dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston tarixida ilk bor prezident Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘llamoqda.