TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan G‘ayrat Fozilov O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tavsiya etilgan.
Senatorlar G‘ayrat Fozilov nomzodini ma’qulladi va uni O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash bo‘yicha Senat qarori qabul qilindi.