O‘zbekistonliklar eng yaxshi maktab libosini tanlash uchun ovoz berishlari mumkin

Obuna bo‘lish
Maktab liboslari kolleksiyalari “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh dizaynerlar kengashi tomonidan tashkil etilgan "Image" yosh dizaynerlar televizion tanlovi final bosqichi ishtirokchilari tomonidan yaratilgan

TOShKENT, 21 dek – Sputnik. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rasmiy saytida xalq tanlab ovoz berishi uchun maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan 30 xil dizayndagi libos taqdim etildi.

Saytda ma’lum qilinishicha, maktab liboslari kolleksiyalari “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Yosh dizaynerlar kengashi tomonidan tashkil etilgan "Image" yosh dizaynerlar televizion tanlovi final bosqichi ishtirokchilari tomonidan yaratilgan.

© Soyuz molodeji Uzbekistana Tanlovga taqdim etilgan maktab libosi
Variant shkolnoy formi  - Sputnik O‘zbekiston
Tanlovga taqdim etilgan maktab libosi

Saytda ovoz berish uchun qo‘yilgan liboslarning har biri o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, ular orasida ayrimlari yaqqol ko‘pchilik ovoz bilan ustunlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kelasi yildan boshlab umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun yagona libos joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Xalqaro press klubning avgust oyidagi yig‘ilishida xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ma’lum qilgandi. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev yagona maktab libosini joriy etish taklifi bilan chiqqandi.

Yangiliklar lentasi
0