TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Bu yil Toshkent aholisi yangi yil bayrami arafasida g‘aroyib tomoshalarga guvoh bo‘lmoqda, deb yozadi Sputnik muxbiri.
Shu kunlarda poytaxt ko‘chalarida oqshom payti rangli chiroqlar bilan bezatilgan, Qorbobolar boshqaruvidagi ulkan buldozerlardan iborat kolonna paydo bo‘ldi. Toshkentliklar bu holatni turlicha qarshilashdi. Ko‘pchilik poytaxt yangi yil bayrami arafasida tobora o‘zgacha bo‘lib borayotganidan zavqlanib, ajoyib bayram muhitidan xursand bo‘ldi.
"Ishdan kelayotib ko‘rdim, kayfiyatim ko‘tarildi", — deya fikr bildiradi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
"Kechki payt soat beshlarda Islom Ota masjidi yaqinida bezatishdi, suratga olishdi. Negaligini bilmadim…", — deb yozadi yana kimdir.
"Qiziq, qorqizlar nima minib yurisharkin? Lekin qoyil", — deb yozadi yana birov.