TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Avstraliyaning Melburn shahrida avtomobilning odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida jabrlanganlar soni 19 kishiga yetdi, deb xabar berdi SBS telekanali.
Avvalroq 15 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
Telekanal muxbiri Sara Abo Twitterdagi sahifasida yozishicha, politsiya hozirda Flinders-strit hududini qurshab olgan.
Avstraliya politsiyasining ma’lum qilishicha, haydovchi mashinani qasddan odamlar ustiga haydagan. Ammo uning nima maqsadda bunday qilganligi noma’lum.
Payshanba kuni ertalab Melburn shahri markazida avtomobil to‘g‘ri yo‘lovchilar tomonga qarab boshqarilgan. Haydovchi hisbga olindi.
Shuningdek, fojiaga aloqadorlikda gumonlanib yana bir kishi hibsga olingani xabar qilinmoqda.