Toshkentda qozog‘istonlik qidiruvdagi jinoyatchi ushlandi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda uni Qozog‘iston Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi hal etilmoqda.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston huquq-tartibot xodimlari Qozog‘istonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘lga olishdi.

Sotrudnik pravooxranitelnix organov proizvodit arest - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yil boshidan 1800 ortiq qidiruvda bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

19 dekabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga chet el davlatida qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent shahri hududida yurganligi haqida tezkor ma’lumot kelib tushdi, deb xabar berdi Toshkent ShIIBB matbuot xizmati.

Ushbu ma’lumot asosida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qidiruvdagi jinoyatchini ushlashga qaratilgan tezkor reja ishlab chiqildi. Shundan so‘ng, shu kuni soat 9:00larda Yakkasaroy tumani, Farhod ko‘chasida o‘tkazilgan tadbir jarayonida o‘zini Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi Baytasov Aydinu Tanirberganovich deb tanishtirgan shaxs ushlandi.

U 1984-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Qozog‘iston fuqarosi, muqaddam bir necha bor sudlangan, uyushgan jinoiy guruh a’zosi, laqabi "Bebet" ekanligi aniqlandi.

Hozirda uni Qozog‘iston Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi hal etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0