Senat 2018-yilgi davlat budjetini ma’qulladi

Obuna bo‘lish
Mamlakatda inflyatsiya ko‘rsatkichlari 14 foiz atrofida bo‘lishi mo‘ljallanyapti

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida 2018-yilgi davlat budjeti ma’qullandi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Senat yalpi majlisi: budjet muhokamasi, ichki va tashqi ishlar vazirlarining axboroti

Majlisda qayd etilishicha, joriy yilda mamlakatda yalpi ichki mahsulot 5,5 foiz, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 5,7 o‘sishi prognoz qilinyapti. Tovar va xizmatlar eksporti esa 14,4 foizga oshib, 13,9 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda. Bunda ijobiy saldo 854 million dollardan ziyodni tashkil qiladi.

Shuningdek, mamlakatda inflyatsiya ko‘rsatkichlari 14 foiz atrofida bo‘lishi mo‘ljallanyapti. Davlat budjeti 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi ko‘zda tutilyapti.

2018 yilgi davlat budjeti xalqaro moliya institutlari tomonidan tan olingan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilgan.

Xususan, 2018-yilda yalpi ichki mahsulot 290,6 trillion so‘m miqdorida, deflyator 14,1 foizni, iste’mol narxlari indeksi 12-13 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Davlat budjeti YaIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan ijro etilishini tasdiqlash kutilayapti.

Yangiliklar lentasi
0