TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish jadvalga muvofiq, odatdagi tartibda davom etayotganligini bildiramiz, deyilgan Milliy aviakompaniya xabarida.
Bugun ertalab, “O‘zbekiston Havo yo‘llari” Toshkentdagi xalqaro aeroportni vaqtincha yopilganini xabar qilgan edi.
Xususan, Istambul, Minsk, Sankt-Peterburg, Tel-Aviv, Bishkek, Rim, Parij va Londondan uchib kelgan parvozlar Samarqand va Navoi aeroportlariga yo‘naltirildi.
Qatnovlari kechiktirilgan yo‘lovchilarga bunday vaziyatlarda ko‘zda tutilgan bo‘lgan barcha xizmatlar ko‘rsatildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 4 kun ichida Toshkent aeroportining yopilishi qayta takrorlanmoqda. 16 va 17-dekabr kunlari ham qalin tuman tufayli Toshkent aeroportiga uchib kelgan parvozlar zahira aeroportlariga yo‘naltirilgan edi.