Toshkentda Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisi boshlandi

Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan
Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senat majlisida O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlarni ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining navbatdagi, o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bugungi majlisida ikki nafar yangi senator ham ishtirok etmoqda. Ular Samarqand viloyati hokimi Djurayev Turabjon va Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sabirovlar.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Senat yalpi majlisi: budjet muhokamasi, ichki va tashqi ishlar vazirlarining axboroti

Majlis kun tartibiga qator qonunlarni ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilgan. Jumladan, “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi qonun, “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunlarni ko‘rib chiqish belgilangan.

Senatorlar shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun, “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ko‘rib chiqishlari kutilmoqda.

Bundan tashqari, Senat yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risitdagi axboroti tinglanadi.

Shuningdek, 2018-yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0