TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Xakasiyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan patentlarning deyarli 80%ini o‘zbekistonliklar olishdi. Bu haqda Rossiya Mehnat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shundan kelib chiqib, idora A.Hamroqulov nomidagi “So‘g‘diyona” tojik va o‘zbek madaniyat markazi hududiy jamoat tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatishga qaror qildi.
Vazirlik "Sootechestvenniki" (Vatandoshlar) dasturi doirasida yordam beradi.
Dekabr boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada manzilli ishga joylashtirishni ta’minlashga qaratilgan va fuqarolarni Rossiyaga ishga kelgunga qadar tayyorgarlikdan o‘tkazishni ko‘zda tutadi.