TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Kosonsoy suv omboriga tutash hududda joylashgan “Yoshlik” mahallasida yashovchi O‘zbekiston fuqarolari yangi 2018-yilni elektr energiyasining yorqin nurlari va issiqligida kutib oladilar. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘iziston rahbarining topshirig‘iga binoan ushbu aholi punktiga elektr energiyasini uzatish tarmog‘i qayta tiklandi.
Ta’kidlanishicha, bu 2017-yilning 13-14 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi natijasida ro‘yobga chiqdi.