TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekiston FVV xodimlari 2017-yil 20-21 dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida o‘quv mashqlar o‘tkazish rejalashtirilgan. FVV matbuot xizmati xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining dovon qismida joylashgan boshqaruv organlari kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda ularning o‘zaro hamkorliklarini takomillashtirish va malakalarini mustahkamlash maqsadida "Qamchiq" dovonida o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan avval Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining dovon qismida 14 ta postlar tashkil qilingan. U yerda sutka davomida shifokorlar, FVV qutqaruvchilari va xodimlari navbatchilik qilishmoqda. Shuningdek, yo‘lovchilar isinishi, kerakli ma’lumot va tibbiy yordam olishlari mumkin. Shuningdek, xodimlar buzilgan transport vositalarini yaqin ta’mirlash joylariga olib borilishi mumkin.