TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 19-dekabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning rasmiy kursi 8,62 so‘mga ko‘paydi va 8101,62 so‘mni tashkil qildi.
Yevroning kursi esa 3,62 so‘mga arzonlashib, 9528,32 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli 1,07 so‘mga qimmatlashib 137,93 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.