Bugun ushbu muhim iqtisodiy qadamning ilk natijalarini ko‘rish mumkin.
Birinchidan, mahalliy aholi qonuniy ravishda valyuta sotish va sotib olish imkoniga ega bo‘ldi.
Ikkinchidan, barcha biznes turli uchun bir xil imkoniyat yaratildi. Xususan, oldin faqat cheklangan korxonalar valyutani davlat kursida sotib olish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozir barcha uchun sharoit bir xil.
Uchinchidan, O‘zbekiston fuqarolar konversion kartalardan istalgan maqsadlarda cheklanmagan miqdorda xarajat qilishlari mumkin bo‘ldi.
To‘rtinchidan, fuqarolar GM Uzbekistan avtomobillari hamda O‘zbekiston Havo yo‘llari chiptalarini milliy valyutada, onlayn sotib olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Valyuta erkinligining dastlabki natijalari haqida infografikamizda tomosha qiling.