TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Toshkentda 16-dekabr tunda o‘tkazilgan yoppasiga tekshirish operatsiyasi davomida 3205ta qoidabuzarlik aniqlandi.
Ulardan:
- mast holatda transport vositasini boshqarish – 29 ta;
- transport vositalarini hujjatsiz boshqarish – 22 ta;
- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik – 38 ta;
- harakat davomida uyali telefondan foydalanish – 65 ta;
- qoraytirilgan oynali transport vositasida harakatlanish– 2 ta;
- bo‘ysunmaslik – 7;
- odam tashishi qoidalarini buzish – 409 ta;
- havfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik – 1277 ta;
- boshqa qoidabuzarliklar – 1144 ta.
Taduir natijasida 88 ta transport vositalari jarima maydonchasiga qo‘yildi. Ayni damda ham ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni o‘tkazish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent huquqni saqlash organlari har bayrami oldidan “Tozalash-Antiterror” yoppasga tekshirish operatsiyalari o‘tkazib turadi.
Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan maqsad jamoat tartibini aqlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini oldish.