TOShKENT, 17 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Grinkard immigratsiya lotoreyasi orqali AQShga kelgan immigrantlarni “yomonlarning yomoni”, deb atadi va ushbu mexanizmni to‘xtatishni talab qildi.
“Tasavvur qiling-a, shunday lotoreya bor, siz biror mamlakatdan odamlarni tanlab olasiz. Sizningcha ular bizga o‘zlarining eng yaxshi odamlarini berishadimi?… Ular bizga eng yomon odamlarni berishadi. Ularni axlatdek, tashqariga chiqarib tashlashadi”, — dedi Tramp Virjiniya shatatida qilgan chiqishida.
Shundan so‘ng AQSh prezidenti Kongressdan lotoreyaga asoslangan migratsiyani bas qilishin va uning o‘rniga eng munosib kishilarni taklif qilish tizimini yo‘lga qo‘yishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Grinkard orqali kelgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov Nyu Yorkda terakt uyushtirgan va oqibatda 8 kishi qurbon bo‘lgan 10dan ortiq odam jarohatlangan edi.
O‘tgan dushanba kuni esa, Bangladeshnik immigrant Manxettenda qo‘lbola bombani portlatib yuborishi natijasida bir necha kishi jarohatlangan edi.