TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov jonli efirda 2017-yildagi faoliyati va kelgusidagi rejalari borasida viloyat aholisiga hisobot berishi va xalq bilan muloqot qilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ertaga, 17-dekabr kuni soat 19:00 dan boshlab Surxondaryo viloyati televideniyesi orqali viloyat hokimi bilan jonli efirda muloqot bo‘lib o‘tadi.
"Sizni qiziqtirgan savollar, takliflar va mulohazalaringiz bo‘lsa quyidagi telefonlar orqali bildirishingiz mumkin: Surxondaryo viloyat teleradikompaniyasida — 223-43-91, 223-45-57, Ishonch teleradiokompaniyasida — 223-70-18", deyiladi xabarda.