Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonlik jazoni koloniyada o‘taydigan bo‘ldi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishReshetka na okne
Reshetka na okne - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan O‘zbekiston fuqarosiga bir yil ozodlikdan mahrum etish jazo chorasi tayinlandi, jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Omsk viloyatining Odessa tumani sudi 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha hukm chiqardi, deb xabar qildi Omsk viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.

Sud ushbu fuqaro Rossiya Jinoyat Kodeksining 322-modda 2-qismida nazarda tutilgan (xorijiy fuqaro tomonidan Rossiya davlat chegarasini noqonuiy kesib o‘tish) jinoyatni sodir etishda aybdor deb topdi.

2014 yil avgust oyida O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyaga kirish taqiqlangandi. 2017-yil sentabr oyida Rossiyada mehnat qilish istagida u firibgarlarga murojaat qildi. Firigarlar unga 1200 dollar pul evaziga yordam berishga va’da berishgan.

2017 yil 6-oktabrda Qozog‘istondan piyoda o‘rib, Omsk viloyati Odessa tumani yaqinida Rossiya davlat chegarasini kesib o‘tadi.

Odessa tuman sudi unga nisbatan 1-yildan ozodlikdan mahrum etish jazo chorasini tayinladi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniya o‘taydi.

Yangiliklar lentasi
0