Jonivorlarning eng kulgili suratlari e’lon qilindi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishStrani mira. Kitay
Strani mira. Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yilning eng kulgili suratida uchta ukki aks etgan bo‘lib, ulardan biri shoxdan yiqilayotgani tasvirlangan. Ushbu suratning muallifi vengriyalik Tibor Kers

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Comedy Wildlife Photography Awards mukofoti hay’ati 2017-yil uchun yovvoyi tabiatning eng kulgili suratini tanladi.

Yilning eng kulgili suratida uchta ukki tasvirlangan bo‘lib, ulardan biri shoxdan yiqilayotgani tasvirlangan. Ushbu suratning muallifi vengriyalik Tibor Kers. 

"Yerda" yo‘nalishida g‘oliblikni italiyalik suratchi Andrea Zampati qo‘lga kiritdi. U gulga qo‘nib turgan dala sichqonnni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. 

"Suvda" yo‘nalishida baliqni nari itarayotgan kayfiyatsiz toshbaqa surati eng yaxshi deb topildi. Surat avstraliyalik Troy Meyn tomonidan muhrlangan.  

"Havoda" yo‘nalishida shotlandiyalik fotosuratchi Jon Trelfollning "raketa-qush"i g‘olib bo‘ldi. 

G‘oliblikka da’vogar jonivorlarning boshqa suratlari mukofotning Facebookdagi sahifasida e’lon qilingan.

Comedy Wildlife Photography Awards mukofoti har yili topshiriladi. Bunda butun dunyodan yuborilgan suratlardan eng yaxshilari tanlab olinadi. Joriy yil hay’at a’zolari dunyoning 86 mamlakatidan 3,5 dona fotosuratlarni qabul qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0