TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashi AQSh manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi degan fikrda, deb bayonot qildi Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Cha Son Nam.
"Bizni BMT Xavfsizlik kengashi Qo‘shma Shtatlar qo‘lidagi instrument singari harakat qilayotgani havotirga solmoqda… u AQSh oldida laganbardorlik qilish bilan band, sanksiyalar kiritib, bizga bosim o‘tkazmoqda", — deb aytgan Cha Son Nam BMT Xavfsizlik kengashida.
BMT Xavfsizlik kengashi 2017-yilda KXDRga nisbatan, u yadroviy sinovlarni o‘tkazganligi uchun, ikki bor sanksiyalarni kuchaytirgan edi.
Shuningdek, 15-dekabr, juma kuni, AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson, bordiyu ish boshqacha tus oladigan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan bo‘layotgan mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
"Prezident Donald Tramp aniq qilib aytdi, agar nimadir ko‘ngildagidek ketmasa, harbiy nuqtayi nazardan bir tayyormiz. Bizning qurolli kuchlarimiz ham tayyor", — dedi diplomat.