Jahon banki eksperti O‘zbekistonda traktorlar uchun Uber yaratishni taklif etdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishZagotovka sena v fermerskom xozaystve
Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda bog‘dorchilikni rivojlantirish kerak, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchilar esa kreditlarga, teng sharoitlar va yangi texnologiyalarni joriy etishda yordamga ega bo‘lishlari lozim

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlariga jiddiy iqtisodiy o‘zgarishlar zarur, dedi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqarmasi bosh iqtisodchisi Gans Timmer Reuters agentligiga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, hozirda mintaqa iqtisodiyoti neftning narxi yuqoriligi sababli raqobatbardosh emas.

Uborka urojaya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Vengriya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qiladi

Timmerning aytishicha, o‘zgarishlar birinchi navbatda yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan bog‘liq muhitga tegishli bo‘lishi darkor.

Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda bog‘dorchilikni rivojlantirish kerak, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchilar esa kreditlarga, teng sharoitlar va yangi texnologiyalarni joriy etishda yordamga ega bo‘lishlari lozim.

"O‘zbekiston uchun Uberga o‘xshagan traktor va boshqa qishloq xo‘jalik texnikalarini ijaraga berish tizimi foydali bo‘lishi mumkin", — dedi u.

Avvalroq Xitoydagi yirik kompaniyalardan biri O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga yarim milliard dollar investitsiya kiritish to‘g‘risida bitim imzolagani xabar qilingandi.

Hamkorlik xususan, qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va qadoqlash, tayyor mahsulotni eksport, import va reeksport qilish yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0