TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Bugun Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida futbol bo‘yicha 2017-yilning "Eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda championat.asia xabar bermoqda.
"Paxtakor"ning gruziyalik murabbiyi Shota Arveladze "O‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy" deb topildi.
Ro‘ziqul Berdiyev ("Nasaf") "Yilning eng yaxshi murabbiyi", Marat Bikmayev ("Lokomotiv") "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb e’tirof etildi.
"Bunyodkor" FK "Yoshlar ligasi g‘olibi" bo‘ldi. "Eng yaxshi futbol akademiyasi" deb "Nasaf" futbol akademiyasi tan olingan bo‘lsa, "Fair Play" sovrini "Qo‘qon-1912" futbol klubiga topshirildi.
Lyudmila Karachik ("Metallurg") "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi", Igor Chikrizov ("Paxtakor") "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi" bo‘ldi. "Yilning eng yaxshi futzalchisi" nomiga esa Konstatin Sviridov ("Olmaliq") sazovor bo‘ldi.
"Qo‘qon-1912" muxlislar klubi "Yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi" deb e’lon qilindi.
"Yilning eng yaxshi klubi" deb "Lokomotiv" FK topildi.