Moskvadagi Farg‘ona ko‘chasida fermerlar yarmarkasi ochilishi mumkin

© PixabayFrukti na rinke
Frukti na rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shaharsozlik-yer komissiyasi Moskva janubi-sharqida fermerlar yarmarkasi qurilishiga rozilik berdi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Moskvadagi Farg‘ona ko‘chasida fermerlar qishloq xo‘jalik yarmarkasi ochilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti Moskomstroyinvest tashkilotiga tayanib.

Shaharsozlik-yer komissiyasi Moskva janubi-sharqida fermerlar yarmarkasi qurilishiga rozilik berdi. Yarmarkadagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini unga yaqin bo‘lgan Vixino-Julebino, Razanskiy va Kuzminki tumanlari aholisi sotib olishi mumkin.

Moskvadagi Farg‘ona ko‘chasi Markaziy Osiyodagi Farg‘ona vodiysi nomidan olingan.

Farg‘ona vodiysining maydoni 22 ming kvadrat kilometrga yaqin bo‘lib, Markaziy Osiyodagi aholi eng zich hudud hisoblanadi. Vodiyda O‘zbekiston (Farg‘ona, Namangan, Andijon), Qirg‘iziston (Jalolobod, O‘sh, Botken) va Tojikiston (So‘g‘d) viloyatlari joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0