TOShKENT, 13 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp amerika Suriya va Iroqda «Islomiy davlat» terrorchilari ustidan g‘alaba qozondi deb e’lon qildi.
Rossiyalik senator Aleksey Pushkov aytishiga qaraganda, Trampning "Biz Suriyada IDni yengdik" deganso‘zlari bugungi kunda hatto o‘z OAVlarini ham ishontira olmaydi. Ular bir ovozdan "Suriyada Rossiya g‘alaba qozondi, kecha Suriyaga Tramp emas Putin borib keldi”- deb yozmoqda.
"Birovning g‘alabasiga egalik qilishni bas qil. Gitler ustidan g‘alaba qozonishda ham asosiy rol SSSRga tegishli. AQSh bo‘lsa 2-front ochishdan oldin 3-yil kutib o‘tirgan edi", — deb yozgan senator o‘zining Twitterdagi sahifasida.
Xvatit pripisivat sebe chujie pobedi. Glavnuyu rol v pobede nad Gitlerom sigral SSSR. A SShA 3 goda vijidali, prejde chem otkrit 2-y front.
— Aleksey Pushkov (@Alexey_Pushkov) 12 dekabrya 2017 g.
Donald Tramp aytishiga qarganda AQSh terrorchilarni dunyoning boshqa hududlarida ham ta’qib qilishda davom etadi. AQShning yangi strategiyasiga asosiy 4ta yo‘nalish kiritilgan: AQSh aholisini himoya qilish, AQShni boyitishda davom etish, dunyoda Amerika ta’sirini kuchaytirish hamda "tinchlikni kuch bilan saqlab turish".