Quvaytda O‘zbekiston madaniyati kunlari qanday o‘tkaziladi

© Sputnik / A. Ignatov / Mediabankka o‘tishKuwait
Kuwait - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi konsert dasturi bilan boshlanadi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. 2017-yilning 15-22 dekabr kunlari Al-Quvayt shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi konsert dasturi bilan boshlanadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston amaliy san’ati va fotoko‘rgazmalar taqdimoti, O‘zbekiston turistik salohiyati va madaniy obidalari taqdimoti, "O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor" nomli davra suhbati, xattotlik bo‘yicha master-klasslar o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0